O‘zbekiston: Prezident Mirziyoyev ham xavotirini yashirmayapti, yechim bormi?

Surat manbasi, Rasmiy/Kremlin.ru/BBC
- Author, Rustam Qobil
- Role, bbc.com/uzbek
- Published
- O'qilish vaqti: 4 daq
O‘zbekiston sahrolashish eng jadal kechayotgan yerlari ishdan chiqib borayotgan va suv kamayib ketayotgan mamlakatlardan.
To‘g‘ri, hozir dunyo bo‘ylab sho‘rlanish, suvsizlik va cho‘llashish insonlar hayotiga, mamlakatlar kelajagiga tahdid qolmoqda.
Ammo aynan O‘zbekiston uchun bu hodisalar qanchalik yirik tahdid va unga qarshi mamlakat nima qila olishi mumkin?
Iqlim o‘zgarishi, suv taqchilligi, cho‘llashish va yerlarning ishdan chiqishi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga qanday ta’sir qilayotgani borasida ushbu videoni ko‘ring:
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatlari allaqachon mamlakat rahbariyatini ham xavotirga sola boshlagan.
"Iqlim muammolari barqaror rivojlanish yo‘lida eng asosiy tahdidga aylanib ulgurdi" - degandi BAAda o‘tgan Iqlim O‘zgarishi Anjumanida gapirgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Iqlim o‘zgarishi mintaqada, xususan, O‘zbekistonda faqat bir-ikki jihati bilan namoyon bo‘lmaydi.
Uning alomatlari ham, oqibatlari ham turli tuman va keng qamrovli.
BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
Deylik, havo harorati isib ketishi, suvsizlik, muzliklar erishi, mavsumiy sellar, chang-qum bo‘ronlari, unumdor yerlarning ishdan chiqishi va sahrolashish kuchayishi kabi bir nechta omillar bugun O‘zbekiston yuz tutadigan voqeliklardir.
Oqibatlar sifatida esa yashash sharoitlari yomonlashishi, energiya iste’moli ortishi, muhojirot kuchayishi, kambag‘allik, oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid va insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ehtimollarini sanab o‘tish mumkin.
O‘zbekistonning qo‘rquvlari esa asossiz emas.
Hatto boy davlatlar ham iqlim o‘zgarishi oqibatlarini to‘liq hal etishga qiynalishmoqda.
Yong‘inlar, ishdan chiqayotgan ekin maydonlari Yevropada ham, Afrika yo Osiyoda ham millionlab insonlar va jonivorlar hayotiga, tabiatdagi muvozanat hamda davlatlar xavfsizligiga rahna solmoqda.
Chunki ayni jarayonlar oziq-ovqat kamayib, qimmatlashishini, kambag‘allik va migratsiya kuchayishini anglatadi.
Davlatlar esa bu oqibatlarga qarshi kurashish uchun yanada ko‘proq mablag‘ sarflashlari zarur bo‘ladi.
Shundoq ham Orol dengizi qurishidan aziyat chekayotgan va boy davlatlar qatoriga kirmaydigan O‘zbekiston uchun ayni jarayon qanday kechishi mumkin va mamlakat ushbu yangi muammolarga yechim topishga qodirmi?
Umid ilm-fandami?

"Tuproq sho‘rlanishi butun dunyoda, xususan, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda ham intensiv ketmoqda. Bu salbiy holatni to‘xtatish uchun esa yangicha usullar kerak" - deydi o‘zbekistonlik olim Baxtiyor Rasulov - "Sababi, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash ham tuproqdagi sho‘rlanishni oshiradi.
Olimga ko‘ra, jahonda iqlim o‘zgarishi dunyo mamlakatlariga, iqtisodlarga juda katta bosim tashlamoqda va yangi talablarni qo‘ymoqda. O‘zbekiston ham bu o‘rinda istisno emas.
"Suv resurslarining kamayishi, qishloq xo‘jaligida, yashil olamda virusli va zamburug‘ tabiatli kasalliklarning avj olishi, o‘simliklarning ozuqalarni o‘zlashtirishida uzilishlar yuzaga kelishi - global iqlim o‘zgarishi ta’siri hisoblanadi".
O‘zbekiston sharoitida kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning tarkibi va biologiyasi, xususiyatlari ham o‘rganilgan.
Mutaxassis, xususan, zamburug‘lar, viruslar va bakteriyali kasalliklar alohida-alohida o‘rganlishi zaruratini urg‘ulaydi.
Tuproq sho‘rlanishi butun dunyoda, xususan, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda ham jadal ketmoqda. Bu salbiy holatni to‘xtatish uchun esa yangicha usullar kerak.
Kasalliklar ko‘payganmi?
Olimning ta’kidlashicha, bu kasalliklarga qarshi kurashish uchun iqlim o‘zgarishi sharoitida o‘simliklarning immunitetini oshirish masalalari turadi.
"2000-yillar boshida global iqlim o‘zgarishining o‘simlik va mikroorganizmlarga ta’siri borasida fundamental tadqiqotlar e’lon qilingan" - deydi Baxtiyor Rasulov.
"Ushbu tadqiqotlarga muvofiq, mikroorganizmlar o‘simliklarga qaraganda (iqlim o‘zgarishiga) tezroq va samaraliroq moslasha olishi aniqlandi".
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ayni tadqiqot endilikda hayotda kuzatilmoqda.
"O‘simliklar global iqlim o‘zgarishiga sekin moslashayotgan bo‘lsa, virusli, zamburug‘li yoki bakteriyali holatlarda moslashish jadal ketmoqda. Bu bugungi kunda ko‘rinayotgan real voqelik"
"Qishloq xo‘jaligimizda kasallik ko‘p"- deydi olim - "Bu o‘tgan 20 yil davomida kuzatilib kelinayotgan bo‘lsa, oxirgi yillari juda avj olib ketdi".
"Ikki asosiy ekinimiz - g‘o‘za va bug‘doyda juda ko‘p kasalliklar uchramoqda".
Olim buni jahondagi iqlim o‘zgarishining O‘zbekistonda ro‘y berayotgan bir ta’siri sifatida ko‘radi.
Uning aytishicha, ilgari nisbiy namlik kam bo‘lgan cho‘l hududlarida zamburug‘li kasalliklar deyarli uchramagan.
"Endilikda markaziy Farg‘ona cho‘l tumanlarida ham bunday kasalliklar keng kuzatilmoqda".
Tuzli tuproq, zaharli sahro
Olim so‘nggi yillari keng tarqalgan va ko‘p uchraydigan ikkita kasallikni aytadi.
"G‘o‘zada ildiz chirish kasalligi ommaviy tus olmoqda va fuzarioiz bargi qurishi kuzatiladi".
Mazkur holatlar qishloq xo‘jaligi zimmasiga yangi vazifalarni yuklaydi.
"Bunday sharoitda ayni masalalarni tanqidiy ko‘rib chiqishimiz kerak, chunki oldingi an’anaviy usullar ish bermayapti deydi" - deydi Baxtiyor Rasulov.
Uning aytishicha O‘zbekiston tuproqlari qattiq.
"Tuprog‘imizda erimaydigan kaltsiy va magniy karbonatlar bor" - tushuntiradi olim - "Ushbu ikki tuzning umumiy miqdori 9-10 foizgacha boradi. Bu juda katta ko‘rsatkich".
"Shu bois tuproqlar qotib qoladi. Qattiq tuproqda esa urug‘ning unuvchanligi past bo‘ladi va o‘simlik rivojlanishi o‘ta qiyin kechadi".
Olimning tushuntirishicha, qattiq tuproqda havo ham yaxshi aylanmaydi.
"O‘simliklar ildizi esa nafas olishi kerak. Qattiq tuproqda suv ham yaxshi harakatlanmaydi va shu asno ozuqa ham yaxshi yetib bormaydi".
Mutaxassislarga ko‘ra, zaruriy choralar ko‘rilmasa, vaziyat og‘irlashib boradi va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi tahdid ostida qolishin mumkin.
(Baxtiyor Rasulovbilan suhbat 2025 yili yozib olingan).
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Darhaqiqat, iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda dehqonchilik qilish va oziq-ovqat yetishtirish jarayonlarini murakkablashtirib borishi mumkin, degan xavotirlar yangray boshlagan.
Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatdagi sug‘orma dehqonchilik qilinadigan maydonlarning yarmiga yaqini tuproq tuzlanishiga yoki sho‘rlanishga uchramoqda.
Bu suv iste’moliga, turli mineral o‘g‘itlar ishlatishga ham bog‘liqligi aytiladi.
Yaylovlar masalasi ham o‘tkir turadi va tabiiyki, ayni holat go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularning narxiga ta’sir etmay qolmaydi.
Tuproq sho‘rlanishi va hatto ishdan chiqib borishi, sahrolashish kabi holatlarga qarshi kurashish esa bir necha yuz million dollarlik qo‘shimcha sarf-xarajatlarni anglatishi mumkin.
Bu esa qishloq xo‘jaligini yuritishni qiyinlashtirib, mahsulot tannarxini ham oshiradigan omildir.
O‘zbekistonning aksar hududlari Qizilqum sahrosi va qurigan Orol dengizi o‘rnida paydo bo‘lgan Orolqum sahrosiga to‘g‘ri keladi.
Orolqum paxtazorlardan chiqqan zaharli kimyoviy o‘g‘itlarga to‘la va har yili shamol bu zaharli changlarni uchirib, atrofga tarqatadi.
O‘zbekiston hozir zaharli chang-to‘zonni tutish uchun dengiz tubida saksovulzorlar yaratishni boshlagan.
Ammo qurigan dengiz tubini daraxtlar bilan to‘liq qoplash uchun uzoq yillar vaqt kerak bo‘ladi.
Ayni paytda, mamlakatda cho‘llashish ham jadalligi aytiladi. Har yili yangidan-yangi unumdor yerlar yaroqsiz ahvolga keladi.
Iqlim o‘zgarishi esa aksar sahrodan iborat, suv taqchil, unumdor yerlar kam va ulkan Ovrosiyo tekisligi markazida jouylashgan mintaqada anchayin og‘riqli va og‘ir kechishi mumkin.
Eslatma: Maqoladagi tashqi havolalar mazmuni uchun BBC mas’ul emas.





























