Ukraina urushi: Rossiya qo‘shinlari safida halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p

- Author, Olga Ivshina*
- Role, Bi-bi-si
- Published
- O'qilish vaqti: 4 daq
Bi-bi-si hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli bosqini davomida kamida 3 589 nafar xorijlik Rossiya tomonida jang qilib halok bo‘lgan. Ular orasida Sobiq Ittifoq respublikalari fuqarolaridan eng ko‘p O‘zbekiston – 229 nafar, Tojikiston – 199 nafar va Ozarbayjondan – 108 nafar qurbon bor.
Rossiyaning Ukrainaga urushida shuningdek, Ekvador va AQShdan tortib Vetnam va Shri-Lankagacha bo‘lgan davlatlar doxil 40 dan ortiq mamlakat vakillari halok bo‘lgani aniqlangan.
Bi-bi-si Rus xizmatining "Mediazona" mustaqil nashri va ko‘ngillilar yordamida olib borayotgan Ukraina urushi qurbonlarining tasdiqlangan ro‘yxatida hozirga qadar hammasi bo‘lib 233 033 ism qayd etilgan.
Ulardan 1 285 nafari xorij davlatlari fuqarolari.
2024 yili Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyaning Kursk viloyatiga qilgan amaliyoti davomida yana 2304 nafar Shimoliy Koreyalik askar halok bo‘lgan.
Lekin Rossiya tomonida urushga kirib, qurbon bo‘lgan xorijliklar soni aslida bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Bi-bi-si Rus xizmati qayd qilib borayotgan ro‘yxat faqatgina tasdiqlangan manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanadi va Ukraina tomoni yoki G‘arb davlatlari josuslik xizmatlari ma’lumotlari nazarga olinmagan.
Markaziy Osiyoliklar Rossiya armiyasiga qanday yollanmoqda?

Ukraina urushida halok bo‘lganlar hayoti va kelib chiqishlarini o‘rganish asosida ularning Rossiya kuchlari safiga yollanishlarining 3 asosiy bosqichini ko‘rish mumkin.
2022 yilning o‘rtalari va 2023 yilning oxiriga qadar Rossiya tomonidan jang qilgan xorijliklarining asosiy qismini qamoqxonalardan yollangan mahbuslar tashkil qilishgan. Mahbuslarga 6 yoki 12 oy urushda ishtirok etishlari evaziga qamoqdan ozod etish taklif qilingan. Mahbuslarni yollan bilan dastlab «Vagner» guruhi, keyinchalik esa Rossiya Mudofaa vazirligi shug‘ullangan.
Bu bosqichda asosan Sobiq Ittifoq davlatlaridan bo‘lgan mahbuslar, xususan O‘zbekiston doxil Markaziy Osiyo davlatlaridan bo‘lganlar yollangan. Masalan, qurbon bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining yarmidan ko‘pi aynan koloniyalardan urushga ketganlardir.
Xorijliklarni urushga yollashning ikkinchi bosiqichi 2024 yil boshidan 2025- yil o‘rtalariga qadar muddatni o‘z ichiga oladi.
2024- yil boshida Rossiya hukumati Mudofaa vazirligi bilan kontrakt imzolaganlar uchun moliya pulini anchayin oshirdi. Aynan shu vaqta Kuba, Nepal, Hindiston, Shri-Lanka va Yaman kabi uzoq xorij davlatlaridan ko‘ngillialrni yollash faollashdi.
Ularning aksarini aynan katta to‘lovlar qiziqtirgan. Ulardan ba’zilari jabhaga kirishlarini bilib, ongli tarzda kontarkt imzolashgan. Boshqalari esa Rossiyaga qurilishda ishlash yoki o‘qishga ketyapmiz, deb aldanib urushga yuborilgan.
Inson haqlari faollariga ko‘ra, 2025- yil o‘rtalaridan boshlab Rossiyaga ishlash uchun kelgan sobiq Ittifoq davlatlaridan mehnat muhojirlariga bosimning oshgani kuzatilgan.
Ularga Rossiyaga kirish taqiqi yoki ektraditsiya haqidagi qarorni bekor qilish, shuningdek, fuqarolik olishni tezlashtirish va’dadari bilan urushda ishtirok etish yo‘lida bosim o‘tkazilish hollari ko‘paygan.
Advokatlar mehnat muhojirlarini do‘q-po‘pisalar bilan Mudofaa vazirligi bilan kontrakt imzolashga majburlanganlri hollarini qayd qilishgan.
Reuters agentligi va Inosn haqlari bo‘yicha xalqaro federatsiya o‘tkazgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda yashash darajasi past bo‘lgan Afrika davlatlaridan Rossiya qurolli kuchlar tarkibiga yollash urinishlari faollashgan.
Rossiya kuchlari tarkibida qancha xorijlik bor?

NATO taxminlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari tarkibida 44 mamlakatdan taxminan 24 ming yollangan askar bor. Bu haqda Bi-bi-siga Anqaradagi iyul oyida bo‘lib o‘tgan NATO sammitida tashkilotining yuqori lavozimli rasmiysi aytgan.
Ularning aksarini Afrika davlatlaridan bo‘lgan askarlar tashkil qiladi.

Ugandalik 45 yoshli Edson Kamvesigie jahonning qator notinch davlatlarida avval ham ishlagandi.
Xotinining jurnalistlarga aytishicha, 2000- yillarda Iroq va Afg‘onistonda qo‘riqchi bo‘lib ishlagan. Ammo urush amaliyotlarida ishtirok etish tajribasi yo‘q edi.
Uganda Radio Network ma’lumotlariga ko‘ra, 2004- yildan 2021- yilga qadar 30 mingga qadar ugandalik Iroqdagi AQSh ga tegishli ob’ektlarda qo‘riqchi bo‘lib ishlashgan.
Ammo Iroq va Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari chiqarilganidan so‘ng xorijdagi yaxshi maosh to‘lovchi shartnomalar tugagan va ular uyga qaytishgan. Shu jumladan Edson ham.
Uyga qaytgan Edson taksichi bo‘lib ishlab ko‘rdi. Fermerlik ham qildi. Ammo oilani boqish uchun pul yetarli emasdi.
2025 yil dekabrida u xotiniga Rossiyaga qo‘riqchi bo‘lib ishlashga ketayotganini aytdi.
Ammo yetib kelgach vaziyat o‘zgacha ekanligi oydinlashdi. 16 dekabr kuni xotiniga telefon qilib jabhaga ketayotganini aytdi.
Bir hafta o‘tmay Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Kupyansk yaqinida halok bo‘ldi.
Xotini hanuz jasadini vatanga qaytarib, dafn qilishga umid qilmoqda. Ammo rasmiylarp bu bitldan shug‘ullanishni istashmaydi.
Rossiya kuchlari tarkibida Ukrainadagi urushda halok bo‘lganlar orasida eng ko‘p Shimoliy Koreyaliklardir. Ammo boshqa davlat vakillaridan farqli o‘laroq Shimoliy Koreyaliklar Rossiya bilan imzolangan maxsus shartnoma asosida janglarda oshkor ishtirok etishgan.
Rossiya tarafida kurashgan ukrainaliklar
Bi-bi-si ro‘yxatida Rossiya kuchlari tarkibida jangga kirib halok bo‘lgan 25 nafar Ukraina fuqarosi ham bor. Bular Rossiya urushi boshlangan vaqtda yashash joylari Ukrainaga tegishli hududlarda qayd etilgan shaxslardir.
Ularning aksari ham urushga qamoqxonalardan yollanishgan. Rossiya tomonidan kurashib halok bo‘lgan Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojьe viloyatlari dan bo‘lganlar Bi-bi-si tomonidan alohida ro‘yxatga kiritilgan.
233 mingdan ortiq halok bo‘lganlar ro‘yxatida xorijiy fuqarolar soni hammasi bo‘lib 2% dan kamroqni tashkil qiladi.




























