Video: Oʻzbek qizi - dunyodagi eng zoʻr 20 xonanda qatorida

Oʻzbekistonlik Barnoxon Ismatullayeva "Kardiff Dunyo Xonandasi" xalqaro koʻrigida yakuniy bosqichga chiqdi.
Britaniyadagi ayni tanlov jahondagi eng sara opera ovozlarini aniqlaydi.
Oʻzbekiston tanlovda ilk bora qatnashayotgan boʻlsa-da, Barnoxonning finalga chiqishi, mamlakat uchun ulkan yutuqdir.
25 yashar oʻzbek xonandasi - kuchli, ammo ravon soprano ovozi sohibasi.
Yosh sanʼatkor Andijonning Marhamat tumanida tugʻilib oʻsgan.
Yoshligidan dutor va fortepyano chalgan. Oʻsmirlik davrida ashula ayta boshlagan.
Barnoxon Ismatullayeva oilasi bilan hozir Moskvada ijod qilmoqda.
U qator mashhur operalar, xususan, "Madam Batterflyay", "Qargʻa motka", "Evgeniy Onegin" va "Bogema"da bosh rollarni ijro etgan.
Oʻzbekistonda "Zulfiya" operasida mashhur shoirani oʻynagan, tenor ovozida ashula aytadigan turmush oʻrtogʻi Damir Rahmonov esa Hamid Olimjonni ijro etgan.
Barnoxon Ismatullayeva BBC bilan suhbatda oʻz muvaffaqiyati uchun ota-onasiga rahmat aytdi va 8 mart bayrami bilan barcha onalarni tabrikladi.
Barno Ismatullayeva - eng sara 20 operachi qatorida.
"Oʻzbekistonimiz dovrugʻiga hissa qoʻshganimdan xursandman. Yurtimiz bu koʻrikda ilk bora qatnashmoqda".
Barno Andijonning Marhamatidan. Yoshligidan dutor va pianino chalgan.
Hozir turmush oʻrtogʻi bilan birga Moskvada ijod qiladi.
"Evgeniy Onegin", "Madam Batterflyay", "Zulfiya", "Bogema" va "Qargʻa xonim"da bosh rollarni ijro etgan.
Barno oʻz yutugʻi uchun oʻzbek onalarini qutlaydi.
Avvalo oʻz onamni va barcha onalarni tabriklayman, ota-onalarimiz sogʻ-salomat boʻlishsin.
Keling iyundagi finalda Barnoga omadi tilaymiz.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring































